“Osiyo bolalari” xalqaro qishki oʻyinlariga joʻnab ketgan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi mazkur yirik anjumanning tantanali ochilish marosimida qatnashdi. Vakillarimiz musobaqalarda ishtirok etish uchun tayyor.
Terma jamoamiz aʼzosi Valeriya Kovalyova birinchi boʻlib hamyurtlarimiz ishtirokini boshlab beradi. U ertaga boshlanadigan changʻi poygalarining klassik sprint yoʻnalishi saralash bosqichida bahsga kirishadi. Ayni shu tur boʻyicha ikki nafar oʻsmir sportchimiz ham qayd etilgan, Medet Nazarov va Aqilbek Buxorboyev. Xullas, oʻyinlarning dastlabki kunida mana shu uch vakilimizdan yaxshi natija kutib qolamiz.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
21.02.2019 | 20:48