Sport yulduzining kutilmagan tashrifi!

Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan yangi loyihaga qoʻl urildi. Bundan buyon yuqori natijalarga erishgan, professional sport yulduzlari kutilmaganda taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashadilar.

Kuni kecha loyihaning ilk ishtirokchi-mehmoni - boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Fazliddin Gʻoyibnazarov Olmazor tumanidagi 224-maktab oʻquvchilari bilan suhbatlashdi.

Bayramona ruhda oʻtgan uchrashuvda mashhur bokschimiz yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi. Sportning foydali jihatlarini oʻz misolida isbotlab bergan mahoratli bokschimiz, shuningdek, oʻgʻil-qizlarga jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish boʻyicha oʻz tavsiyalarini ham berdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169