Hashar jamoani yanada jipslashtirdi



Butun diyorimiz boʻylab ekologik xayriya hashari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. “Yurtimizni yanada obod etaylik!” shiori ostida tashkil etilgan xayriya hasharida Respublikamizdagi korxona, tashkilot va muassasalar ishchi-xodimlari, mahallalarning uyushmagan yoshlari, butun jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarda ham mazkur umumxalq hashari keng miqyosda oʻtkazildi. Markaziy Boshqaruv apparati xodimlaridan tortib, Vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari, taʼlim muassasalari, Respublika oliy sport mahorati maktablari va boshqa barcha tizimlarda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar, ishchi-xizmatchilar, murabbiylar, talaba-oʻquvchi yoshlar ekologik xayriya hasharida faol qatnashdilar. Tadbirlar davomida xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri boʻlmish hashar kishilarni jipslashtiruvchi, yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi ezgu amallardan biri ekanligi yana bir bor yaqqol namoyon boʻldi.

Tizimda tashkilot va muassasalarda uyushqoqlik bilan tashkil etilgan ekologik xayriya hasharidan fotolavhalar:
 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169