Badminton yurtimizda borgan sari ommalashmoqda


 


Oʻtgan dam olish kunlari Vatan himoyachilari kuni va Vatanparvar oyligi munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari oʻrtasida badminton boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Poytaxtimizdagi yangidan bunyod etilgan Badminton majmuasida tashkil etilgan turnirga qiziqish juda yuqori boʻldi. Keyingi yillarda yurtimizda rivojlanib borayotgan ushbu sport turi inson salomatligini mustahkamlashda muhim oʻrin tutishi maʼlum. Shu bois hozirgi paytda mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan korxona, tashkilot va muassasalar ishchi-xizmatchilari oʻrtasida ancha ommalashgan. Bu holat musobaqa davomida yaqqol koʻzga tashlanib turdi. Ahamiyatlisi, ishtirokchilar ushbu sport turi boʻyicha yaxshigina mahoratga ega ekanliklarini namoyon etishdi. Yakuniy natijalar esa quyidagicha koʻrinish oldi:

Erkaklar juftlik bahslari.

1-oʻrin - Bekzod Annaxoʻjayev va Ayder Imadinov. (Mudofaa vazirligi)

2-oʻrin - Faxriddin Husanov va Tuygʻun Tojiyev. (Mudofaa vazirligi)

3-oʻrin - Rustam Karimov va Abdumannon Dehqonov. (Favqulodda vaziyatlar vazirligi)

 

Ayollar juftlik bahslari.

1-oʻrin - Barno Ermatova va Feruza Ismoilova (Mudofaa vazirligi)

2-oʻrin - Yelena Slivkina va Yelena Yarbabayeva (Mudofaa vazirligi)

3-oʻrin - Nigina Nurmatova va Olga Rahmonova (Davlat bojxona qoʻmitasi)

 

Aralash juftliklar (Mikst).

Bekzod Annaxoʻjayev va Yelena Slivkina

Faxriddin Husanov va Barno Ermatova

Oʻktam Kolxonov va Nigina Nurmatova

 

Jamoa hisobida Mudofaa vazirligi vakillari eng kuchli deb topildi. Keyingi sovrinli oʻrinlar Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi badmintonchilariga nasib etdi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169