Yoshlarni sportga yanada kengroq jalb qilish maqsadida yana bir yangi loyihaga qoʻl urildi




2019-yildan boshlab Toshkent shahri maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining “Kichkintoylar ligasi”, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining “Maktablar ligasi”, oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining “Yoshlar ligasi” va oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Talabalar ligasi” sport oʻyinlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

 

Basketbol, voleybol, gandbol va mini-futbol turlarini oʻz ichiga olgan mazkur sport anjumani joriy yil yanvar oyining 25-sanasidan iyun oyining 10-sanasiga qadar 4 bosqichda oʻtadi. Musobaqa nizomi Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan.

 

Ushbu loyiha orqali poytaxtimizdagi barcha taʼlim muassasalari yoshlari qamrab olinadi.
 


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169