Chempion sportchilar endilikda imtihonsiz trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018-yil 20-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda sport faoliyatini yakunlagan professional sportchilarni trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishiga keng imkoniyatlar yaratish, ularning boy hayotiy tajribasi va salohiyatidan keng foydalanish yuzasidan muhim topshiriqlar berilgan edi.

 

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori bilan Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Qarorga muvofiq endilikda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarining gʻolib va sovrindor sportchilariga tegishli sport federatsiyalarining (uyushmalar) tavsiyalari asosida sport maktablarida trener sifatida ishlashlari uchun trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma beriladi. Bunda, chempionlar attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan oʻtkazilmaydi.

 

Shuningdek, umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tavsiyalari asosida sport maktablarida trener-instruktor sifatida ishlash uchun belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma beriladi.

 

Ruxsatnoma olish uchun umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan oʻtmaydilar.

 

Maʼlumot uchun: Shu paytgacha, Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari gʻolib va sovrindor sportchilari trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun ruxsatnoma ega boʻlishlari uchun 3 va 6 oylik maxsus oʻquv kurslarini tamomlashlari kerak edi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169