Yosh velosportchimiz Yanina Kuskova Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Shu kunlarda Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Nufuzli musobaqada yurtimiz shafarini ayol sportchilarimiz Olga Zabelinskaya, Yekaterina Knebelova, Yanina Kuskova va erkaklardan Danil Yevdokimov, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Sirko hamda Murodjon Xolmurodov himoya qilmoqda.

Dastlab vakilamiz Olga Zabelinskaya gurux poygalarida 70 ochko toʻplab oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Kecha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan guruh poygalarida 8 ochko jamgʻargan Yanina Kuskova kumush medalga sazovor boʻldi. Ushbu bahslarda oltin medal gonkonglik S.Li qoʻlga kiritgan boʻlsa, bronza medal Qozogʻiston vakilasi Elvira Xamzinaga nasib etdi.

2001-yilda tavallud topgan Yanina Kuskova Osiyo chempionatida ilk marotaba ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur chempionat Tokio 2020 Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi musobaqalardan biri hisoblanadi.

Sportchilarimizning musobaqadagi ishtiroki 13-yanvarga qadar davom etadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.01.2019 | 20:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169