“Sport vaziri kubogi”ni Chilonzor tumani yoshlari qoʻlga kiritishdi!

Qishki taʼtil davrida oʻquvchi-yoshlarni va mahalla fuqarolarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish maqsadida 2018-yil 25-dekabrdan boshlab Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi taʼlim muassasalaridagi mavjud sport inshootlarida basketbol, badminton, voleybol, stol tennisi va mini futbol sport turlaridanOʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogisport musobaqalari oʻtkazildi.

14 kun davom etgan mazkur sport musobaqalarida jami 9 400 nafarga yaqin Toshkent shahar fuqarolari, shu jumladan 7 500 nafar yoshlar qamrab olindi.

Musobaqa Nizomiga koʻra, joriy yilning 25-30-dekabr kunlari taʼlim muassasalari va mahallalar bosqichi, 2019-yil 2-5-yanvar kunlari tuman bosqichi va 6-9 yanvar kunlari Toshkent shahar bosqichi tashkil etildi.

Musobaqalarning asosiy shahar bosqichlari Toshkent shahrining Uchtepa, Shayxontohur va Olmazor tumanlarida boʻlib oʻtdi.

Stol tennisi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Mirzo Ulugʻbek tumani 209-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Samandar Rasulov, qizlar oʻrtasidagi bahslarda Chilonzor tumani 178-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Lola Qahramonxoʻjayeva 1-oʻrinni egalladi.

Badminton boʻyicha qizlar oʻrtasida 1-oʻrinni Chilonzor tumani 195-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Sevinch Sodiqova va oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi musobaqalarda Chilonzor tumani 195-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Muhammad Toʻlqinov qoʻlga kiritdi.

Voleybol boʻyicha oʻgʻil va qizlar bahslarida ham Chilonzor tumanining 90-umumtaʼlim maktabi jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Basketbol boʻyicha oʻgʻil bolalar oʻrtasida birinchi oʻrinni Olmazor tumani 233-umumtaʼlim maktabi jamoasi egallagan boʻlsa, qizlar jamoalari orasida Yashnobod tumani 61-umumtaʼlim maktabi jamoasi ustunlik qilishdi.

Mini-futbol boʻyicha Yashnobod tumani 227-umumtaʼlim maktabi jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Umumjamoa hisobida 71 ball toʻplab, birinchi oʻrinni Chilonzor tumani, 2-oʻrinni 65 ball bilan Olmazor tumani hamda 3-oʻrinni 58 ball jamlagan Yashnobod tumani yoshlari egalladi.
 

Bugun, 10-yanvar kuni Olmazor tumanidagi 2-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida musobaqalarning gʻolib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi.

 

Gʻoliblarga “Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” hamda barcha gʻolib va sovrindorlarga vazirlik tomonidan sport sumkalari va sport ekipirovkalari topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.05.2019 | 20:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169