Havaskor ayollar sport jamoalari tuzilmoqda



Toshkent shahridagi mavjud barcha mahallalarida, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida havaskor ayollar sport jamoalari tuzilmoqda.

Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ham mahalla faoli, uy bekasi Nurmuxamedova Lalita Faatovna boshchiligida Beshkapa, Ahmad Yugnakiy, Al-Farobiy, va Humoyun mahallalari ayollari ishtirokida ayollar sport jamoasi tuzilgan.

Bugungi kunda mazkur jamoada 87 nafar 45 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan ayollar haftada 6 marotaba (yakshanbadan tashqari) ertalab soat 7.00 dan 9.00 gacha gimnastika, yoga sport turlari bilan shugʻullanib kelishadi.

Bu kabi sport jamoalari ayollar orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga, ularning salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.02.2019 | 20:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169