Xalqaro Kurash assotsiatsiyasida yil laureatlari aniqlandi



Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Yangi yil arafasida yakuniga yetib borayotgan sport mavsumi gʻoliblarini eʼlon qildi. Eʼtiborli jihati, joriy yilgi laureatlar toʻqqizta nominatsiyaga koʻra aniqlandi.

“Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi” nominatsiyasida gʻoliblik Jakartada tashkil etilgan Osiyo oʻyinlari hamda Hindistonda oʻtgan Osiyo chempionati gʻolibi, hamyurtimiz Gulnor Sulaymonovaga nasib etdi.

Eronlik taniqli polvon, 81 kg.gacha boʻlgan vazn toifasida Osiyo oʻyinlari va qitʼa chempionati gʻolibi, shuningdek, sohibqiron Amir Temur xotirasiga bagʻishlab Prezident sovrini uchun Shahrisabzda oʻtkazilgan VII Xalqaro turnir chempioni Ilyos Ali Akbari “Yilning eng yaxshi kurashchisi” nominatsiyasida gʻolib, deb topildi.

Eng yaxshi ayol hakam sifatida Xitoy Taypeyi vakilasi Xo Pi Yen eʼtirof etilgan boʻlsa, erkaklar orasida ushbu nomga janubiy koreyalik Kim Sukil munosib koʻrildi.

“Yilning eng yaxshi turniri” nominatsiyasida Indoneziyada oʻtkazilgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan kurash musobaqalari eʼtirof etildi. Taʼkidlash joiz, Kurash birinchi marotaba rasman Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritildi. Qolaversa, musobaqa yuksak saviyada tashkil etilib, OAV orqali ham keng yoritildi.

“Kurash rivojiga munosib hissa qoʻshgan eng yaxshi milliy federatsiya”yoʻnalishida Italiya kurash federatsiyasi gʻolib chiqdi. Boisi, Italiya kurash federatsiyasi cheklangan moliyaviy imkoniyatlar bilan ham samarali faoliyat olib bordi, italiyalik polvonlar esa deyarli hech bir musobaqani oʻtkazib yuborishmadi. Qolaversa, birinchi marta Italiyada murabbiylar uchun seminar tashkil etildi.

“Kurash rivojiga munosib hissa qoʻshgan eng yaxshi mintaqaviy federatsiya”nominatsiyasida gʻoliblik Panamerika kurash ittifoqiga nasib etdi.

“Yil gʻalabasi” nominatsiyasida gʻoliblikni bir yoʻla ikki milliy federatsiya qoʻlga kiritdi. Quvayt kurash federatsiyasiga sovrin ushbu mamlakat polvonlari ilk bora Osiyo oʻyinlarining kurash musobaqalarida bronza medaliga sazovor boʻlishgani uchun berildi. Hindiston kurash federatsiyasi esa ushbu yurt kurashchilari Jakarta gilamlarida bittadan kumush va bronza medalini qoʻlga kiritishgani uchun sovringa munosib koʻrildi.

Nihoyat “Jahonda kurash rivojiga qoʻshgan munosib hissasi uchun” nominatsiyasida Oʻzbekiston kurash federatsiyasi gʻolib boʻldi.

Joriy yilda mazkur sport tashkiloti tomonidan yurtimizda Prezident sovrini uchun uchta nufuzli musobaqa (Shahrisabz, Xiva va Toshkent shaharlarida) yuksak saviyada tashkil etildi. Qolaversa, dunyo miqyosida ham milliy sport turimizni ommalashtirish yoʻlida samarali faoliyat olib bordi.

Biz barcha gʻoliblarni muborakbod etamiz.



O‘zA

Saytning oxirgi yangilanishi:
16.06.2019 | 23:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169