Oʻzbekistonning uzoq yillik milliy sport strategiyasini ishlab chiqishda xorijiy kompaniyalari bilan hamkorlik qilinmoqda


Jismoniy tarbiya va sport vaziriligiga Buyuk Britaniyaning “The Sport Consultancy” kompaniyasi ijrochi direktori boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurishdi.

Uch kun davom etgan tashrif davomida chet ellik mehmonlar bilan Jismoniy tarbiya va sport vaziri, tegishli boshqa va boʻlim boshliqlari hamda vazirlik tizimidagi bir qator tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

“The Sport Consultancy” kompaniyasiga bundan 12 yil avval asos solingan boʻlib, ushbu tashkilot sport federatsiyalari uchun strategiyalar ishlab chiqish va yirik tadbirlarni tijoratlashtirish bilan shugʻullanadi. Bugungi kunga qadar kompaniya tomonidan Dubay uchun yirik sport tadbirlarini tashkil etishning uzoq muddatli milliy strategiyani, Ummon davlati uchun sport turizmi boʻyicha milliy strategiyani yaratish, shuningdek, 2015-yilda Ozarbayjonning Baku shahrida oʻtkazilgan Yevropa oʻyinlarini tashkil etish kabi bir qator yirik loyihalar amalga oshirib kelmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan xorijiy kompaniya delegatsiyasi uchrashuvida sport sohasida tizimli boshqaruvni yoʻlga qoʻyish, soha uchun ajratilayotgan mablagʻlardan samarali foydalanish, mavjud sport inshootlari infrastrukturasidan unumli foydalanish va yangi inshootlarni bunyod etishda tejamkor texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan Oʻzbekistonning uchun uzoq yillik milliy sport strategiyasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

Vazir Dilmurod Nabiyev Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlab, ushbu ishlab chiqiladigan strategiya ham yurtimiz sport tizimini zamon talablariga mos tarzda rivojlanishiga, sport turizmi shakllanishiga hamda sportning ham iqtisodiyotimizning bir tarmogʻiga aylanishiga xizmat qilishi kerakligini bildirdi.

Xorijiy kompaniya vakillari tomonidan yurtimiz sport tizimi uchun uzoq yillik rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda avvalo hudud imkoniyatlari va oʻziga xos-jihatlari inobatga olinishi aytib oʻtildi.

Tashrif davomida xorijiy kompaniya vakillari bir qator sport-taʼlimi muassasalari va inshootlarida boʻlib, ularning faoliyati va mavjud shart- sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Yakunda tomonlar respublikamizda sportni yana rivojlantirishga, zamonaviy tizimni joriy etishga qaratilgan uzoq yillik milliy sport strategiyasini hamkorlikda ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishdilar.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.04.2019 | 22:13
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169