Oʻzbekistonlik sportchilar bodibilding va fitnes boʻyicha jahon chempionatida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi



Joriy yilning 11-17-dekabr kunlari Tailand qirolligining Chiang May shahrida bodibilding va fitnes boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

Dunyoning 51 davlatidan 600 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini oʻn ikki nafar sportchimiz himoya qildi.

Vakillarimiz jahon chempionatida quyidagi natijalarni qayd etishdi:
Pavel Umurzakov – masterlar va kattalar oʻrtasida 90 kg vazn toifasida bodibilding yunalishi boʻyicha 1-oʻrin.

Yelena Bekirova – model fitnes yoʻnalishi boʻyicha, yoshlar oʻrtasida 1-oʻrin, kattalar oʻrtasida 2-oʻrin.

Doston Xasanov – kattalar oʻrtasida atlet fizik yoʻnalishida 1-oʻrin.
Rushana Maksumova – model fizik yoʻnalishida yoshlar oʻrtasida 2-oʻrin, kattalar oʻrtasida 3-oʻrin.

Alyona Nurayeva – atlet fizik yoʻnalishida kattalar oʻrtasida 2-oʻrin.

Farxod Subxanqulov – bodibilding yunalishi boʻyicha kattalar oʻrtasida 3-oʻrin.

Musobaqa yakunlariga koʻra, umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169