Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport sohasida Belarus Respublikasi bilan hamkorlikni mustahkamlaydi

Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Belarus davlatiga ishchi tashrifi natijalari boʻyicha maʼlum qildi.

 

Tashrif davomida Vazir Belarus Respublikasi sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.

 

Oʻzbek delegatsiyasi tomonidan respublika sporti rivojlanishini aks etgan keng qamrovli dastur tayyorlangan edi.

Tashrifning birinchi kuni delegatsiyamiz Belarus Respublikasi sport va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Vyacheslav Durnov hamrohligida Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurishdi. Ular oliy taʼlim muassasasi oʻquv bazasi, sport sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash jarayonining tashkil etilishi bilan tanishdilar.

 

Vakillarimiz uchun yengil atletika maneji, suzish havzasi, trenajyor, batut va chigal yozdi zallariga sayohat tashkil etildi. Ayniqsa, anatomiya kafedrasi, velosiped, konkida uchish va ot sporti kafedrasi hamda universitetning kafedralararo oʻquv-ilmiy-tadqiqot laboratoriyasidagi taʼlim metodikalari oʻrganish uchun qiziq deb topildi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltaboyev Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Sergey Repkin bilan akademik sportni rivojlantirishning turli jihatlari haqida suhbatlashdi.

 

Tashrif davomida mezbonlar tomonidan sport tayyorgarligi bazalari muhimligi taʼkidlanib, badiiy gimnastika saroyi va qishki sport turlari boʻyicha “Fristayl” majmuasi boʻylab sayohat uyushtirildi. Vazir Dilmurod Nabiyev yurtimizda xokkey, figurali uchish, konkida uchishni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida muz saroyi hamda rolikli changʻi uchish trassalari qurilayotgani taʼkidlab oʻtdi.

 

Respublika davlat olimpiya zaxiralari bilim yurtida yosh sportchilarni oʻqitish va tarbiyalash jarayoniga bogʻliq jihatlar oʻrganildi.

Bilim yurti direktori Aleksandr Dubkovskiy va uning yordamchilari erishgan natijalari bilan oʻrtoqlashishdi hamda oʻsmirlarning zamonaviy muammolari haqida soʻzlab berishdi.

“Chijovka arenasi”ga ham Oʻzbekiston delegatsiyasida qiziqish uygʻotdi.

“Biz shunga oʻxshash inshootlar qurilishi va kelgusi foydalanish amaliyotini oʻrganmoqdamiz. Belarusdan oʻrganishim kerak boʻlgan jihatlarni borligini koʻrib turibmiz. Bu yerda milliy terma jamoalar aʼzolarini tayyorlash hamda aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Biz bu yerda Belarusda toʻplangan tajriba hamda ilgʻor bilimlarni oʻrganish uchun oʻzimizning mutaxassislarimizni yuborishga tayyormiz” – dedi Dilmurod Nabiyev.

Delegatsiya aʼzolari shuningdek, ot sport va yilqichilik boʻyicha hamda “Stayki” va “Raubichi” qishki sport turlari boʻyicha respublika olimpiya tayyorgarligi markazlariga tashrif buyurishdi.

 

Belarus davlati sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk qayd etib oʻtganidek, tomonlar yaqin kunlarda ikkitomonlama hamkorlikning batafsil rejasini ishlab chiqadigan ishchi guruh tuzishga kelishib olishdi.

 

“Ikkala tomon ham sportchi va trenerlarni tayyorlash sifatini oshirishdan manfaatdor. Oʻzbekiston, masalan, boks, taekvondo, dzyudo, sport gimnastikasi boʻyicha kuchli hisoblanadi. Biz ularning trenerlarini oʻzimizga taklif etishimiz ham mumkin. Oʻz navbatida biz ham oʻzbek hamkasblarimizga belorus sportchilari muvaffaqiyat qozonayotgan sport turlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashda yordam berishga tayyormiz. Bundan tashqari biz talabalarni ixtisoslashgan universitetlarda birgalikda oʻqitish boʻyicha kelishib oldik. Faqatgina tafsilotlarni aniqlashtirib olish qoldi” – dedi Sergey Kovalchuk.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
16.06.2019 | 23:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169