Oʻzbekiston sport taʼlimida Belarus tajribasini joriy etadi


 


Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Belarus davlatiga qilgan ishchi tashrif davomida bu yerda yoʻlga qoʻyilgan sport mutaxassislarini tayyorlash tizimi bilan tanishdi.

 

Maktabgacha va oʻrta taʼlim muassasalari, sport maktab-internatlari hamda olimpiya zaxiralari maktablari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda sport taʼlimi va diversifikatsiyaning ahamiyatiga urgʻu berib oʻtildi.

 

Tashrif davomida Belarus Respublikasi milliy terma jamoalari zaxirasini taʼminlashda hamda umumiy va oʻrta muassasalari uchun yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda tayanch muassasa hisoblangan Respublika davlat olimpiya zaxiralari bilim yurtida sport mutaxassislari tayyorlash tajribasi oʻrganildi. Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan mazkur bilim yurtiga oʻquvchilarni tanlab olish va tayyorlashda amalga qilinayotgan tizim hamda tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv reja va dasturlar oʻrganildi. Tomonlar belaruslik mutaxassislarni jalb qilgan holda yurtimizdagi olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida ushbu tizimni joriy etish boʻyicha kelishib olishdi.

 

Shuningdek, delegatsiyamiz Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurib, oliy taʼlim muassasasi oʻquv bazasi (yengil atletika maneji, suzish havzasi, trenajyor, batut va chigal yozdi zallari), sport sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash jarayonining tashkil etilishi hamda universitetning kafedralararo oʻquv-ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bilan tanishdilar.

 

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda fakultet ochish orqali taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.

 

2019-2020-oʻquv yilidan boshlab hamkorlikdagi fakultetda kadrlar tayyorlash “2+2” tartibida amalga oshiradi, bunda talabalarga 2 yil Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida nazariy bilimlar oʻqitilsa, keyingi 2 yil Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining oʻquv-amaliy (sport) bazalarida taʼlim beriladi.

 

Bundan tashqari, tomonlar qishki sport turlari boʻyicha trenerlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.04.2019 | 22:13
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169