Oʻzbekistonlik bokschi qizlar xalqaro turnirda finalga chiqishdi



Joriy yilning 3-10-dekabr kunlari Qozogʻistonning Almata shahrida 2001-2002, 2003-2004-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida boks boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazilmoqda. Rossiya va Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy M.Xayrudinov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan turnirda jami 150 nafar ziyod charm qoʻlqop ustalari ishtirok etishmoqda.

 

Ushbu xalqaro turnirda yurtimiz sharafini murabbiy Ulugʻbek Baratov murabbiyligi ostida bokschi qizlarimiz Sabina Boboqulova, Nigina Oʻktamova, Nasiba Xayrullayeva va Hadicha Abdullayevalar himoya qilishmoqda.

 

Oʻtkazilgan janglarda raqiblarining barchasini magʻlubiyatga uchrata olgan Sabina Boboqulova (48 kg), Nigina Oʻktamova (50 kg) hamda Xadicha Abdullayevalar(75 kg) musobaqaning finaliga chiqishdi.

 

Final bahslari ertaga, 8 dekabr kuni oʻtkaziladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Siz qaysi sport turi bilan shug'ullanasiz? (124)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.12.2018 | 18:11

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169