3-8-dekabr kunlari respublikamizning barcha tuman va shaharlarida “Xotin-qizlar haftaligi” oʻtkazilmoqda


Xabaringiz bor, aholining barcha qatlamlari orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida joriy yilning oktyabr oyi boshidan boshlab, Respublikamizning barcha hududlarida “Taʼlim muassasalari haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla haftaligi”, “Nuroniylar haftaligi”, “Yoshlar haftaligi” kabi shiorlar ostida ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Ushbu haftaliklarni yuqori saviyada tashkil etish, aholi, ayniqsa yoshlarni ommaviy sportga jalb etish maqsadida 2018-yil IV choragida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, unga asosan 3-8 dekabr kunlari respublikamizning barcha tuman va shaharlarida “Xotin-qizlar haftaligi” oʻtkazilmoqda. Haftalik doirasidagi tadbirlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda Respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

Haftalik davomida futbol, futzal, basketbol, voleybol, gandbol, stol tennisi, badminton va suzish boʻyicha oʻyinlar, sogʻlomlashtirish gimnastika oʻtkazilmoqda.

Buxoro viloyati Peshku tumanida 3-dekabr kuni mazkur haftalikka bagʻishlab gandbol sport turi boʻyicha qizlar oʻrtasida BOʻSM birinchiligi oʻtkazildi. Unda 60 nafarga yaqin qizlar ishtirok etishdi.

4-dekabr kuni Kogon shahrida хotin-qizlar oʻrtasida shashka va shaxmat sport turidan musobaqa oʻtkazildi.

Buxoro shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida badiiy gimnastika boʻyicha 2004-yildan 2013-yilgacha tugʻilgan qizlar oʻrtasida 1-son BOʻSM birinchiligi oʻtkazilib, 400 nafarga yaqin qizlar ishtirok etishdi.

Bugun Vobkent tuman BOʻSMda sport gimnastika musobaqasi oʻtkazildi. Bahslar qizgʻin va koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Haftalik doirasidagi tadbirlar Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ham oʻtkazilib, 4-dekabr kuni Chiroqchi va Yakkabogʻ tumanlarida voleybol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

Shahrisabz tumanidagi esa basketbol boʻyicha qizlar oʻrtasida musobaqa tashkil etilib, unda 100 nafarga yaqin qizlar ishtirok etishdi. Gʻuzor tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabida karate sport turidan 50 nafardan ortiq qizlar ishtirokida musobaqa tashkil etildi.

 

Sport musobaqalarning gʻolib va sovrindori diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

 

“Xotin-qizlar haftaligi” munosabati bilan tashkil etilayotgan sport musobaqalari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

 

Jismoniy tarbiya va sport vaziriligi

Matbuot xizmati

Siz qaysi sport turi bilan shug'ullanasiz? (124)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.12.2018 | 18:11

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169