Joriy yilning 29-noyabr kuni Samarqand shahridagi “Afrosiyob” sport saroyida Samarqand viloyati hokimi sovrini uchun tuman (shahar)lar mahallalari faxriylari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlab, nuroniylar uch kurashi va shaxmat boʻyicha “Hayotdan zavqlanib yashaylik!” shiori ostida sport musobaqasi oʻtkazildi.
Viloyat sport faxriylarining tashabbusi bilan Samarqand viloyati hokimligi, “Mahalla”, “Nuroniy” va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari hamda Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 100 nafardan (shundan 30 nafari ayollar) ortiq yoshi ulugʻ insonlar ishtirok etishdi.
Musobaqada 1-oʻrinni egallaganlarga viloyat hokimining, qolgan sovrinli oʻrinlarga hamkor tashkilotlarning esladik sovgʻalari hamda Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining I, II, III darajali diplomlari bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari musobaqa ishtirokchilari uchun “Sharq tongi” restoranida tushlik tashkil etilib, nuroniylar bilan sogʻlom turmush tarziga rioya etib, hayotdan zavqlanib yashash toʻgʻrisida suhbatlar uyushtirildi.
Koʻtarinki ruh ostida oʻtgan bahslarda 88 yoshli Temurbobo Mansurov, 75 yoshli Mavluda Xudoyorovalar hamda barcha tuman (shahar)lardan nuroniy otaxonlar va onaxonlar ishtirok etishdi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
21.02.2019 | 20:48