Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida XXVII Oʻzbekiston chempionatiga start berildi


1-7-dekabr kunlari voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida XXVII Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda.

Qoʻqon shahridagi ikkinchi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tashkil etilgan musobaqada “Oriyent” (Toshkent sh), “OTMK” (Olmaliq sh), “Yoshlik” (Fargʻona v), “Buxoro”, “Milliy gvardiya” (Toshkent sh), “Sugʻdiyona NTMK” (Navoiy v) va “QDPI” (Qoʻqon sh) jamoalari oʻzaro bellashmoqda.

Dastlabki oʻyinlarda “Oriyent” jamoasi buxoroliklarni 3:0 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, “OTMK” jamoasi “Sugʻdiyona NTMK” va “Yoshlik” ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. “Milliy gvardiya” 0:3 hisobida mezbon qoʻqonliklarga imkoniyatni boy berdi.

Bugun “Yoshlik” – “Milliy Gvardiya”, “Oriyent” – “OTMK”, “ Sugʻdiyona NTMK” va “QDPI” jamoalari oʻrtasida oʻyinlar oʻtkazilmoqda.

Musobaqa 7 dekabrga qadar davom etadi.

Qаndаy sport turlаri bilаn shug'ullаnmoqchisiz? (6)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.12.2018 | 18:11

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169