Taekvondochilarimiz Jahon Kubogi musobaqalarida 45 medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi



Joriy yilning 29-noyabr – 3-dekabr kunlari Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF yoʻnalishi boʻyicha yoshlar , kadetlar va kattalar oʻrtasida Jahon Kubogida musobaqalari boʻlib oʻtdi.

 

Dunyoning 18 davlatidan 1975 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 53 nafar sportchimiz himoya qilishdi. Delegatsiyamizga Oʻzbekiston Taekvondo ITF Assotsiatsiya rahbari Laziz Xasanov boshchilik qildi. Oʻzbekistonlik sportchilar musobaqada 18 ta oltin, 9 ta kumush va 18 ta bronza medalni koʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi.

 

Sportchilarimiz bugun yurtimizga qaytib keladilar. Terma jamoamiz soat 20:00da, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinadi.

Maʼlumot uchun, 8-9-dekabr kunlari poytaxtimizda taekvondo ITF sport turi boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi musobaqalari boʻlib oʻtadi, tadbirda Xalqaro Taekvondo ITF prezidenti hamda IMGS Butun jahon yakka kurash va jang sanʼati prezidenti ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Qаndаy sport turlаri bilаn shug'ullаnmoqchisiz? (6)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.12.2018 | 18:11

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169