Yunon-rum kurashi, ogʻir atletika va gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalariga xorijlik trenerlar tanlandi


Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Xorijiy mutaxassislar bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish toʻgʻrisida ish beruvchining takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha Ekspert komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda ekspert komissiyasi aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, ogʻir atletika, gimnastika federatsiyalari, sport kurashlari, taekvondo WTF assotsiatsiyalari hamda Respublika oliy sport mahorati maktablari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yigʻilishni Jismoniy tarbiya va sport vaziri, ekspert komissiyasi raisi Dilmurod Nabiyev olib bordi va kun tartibidagi masala sifatida ogʻir atletika, sport kurashlari, taekvondo WTF va gimnastika sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan taklif qilinayotgan xorijlik trener nomzodlar bilan shartnomalar tuzish masalasi muhokama qilindi.

“Xorijlik murabbiylarni jalb etishda ayrim sport turlari bilangina cheklanib qolmasligimiz lozim. Ayniqsa, malakali mutaxassislar tanqis va yetarli natijalarga erishilmayotgan sport turlari boʻyicha tajribali xorijlik mutaxassislarni jalb etishimiz kerak boʻladi. Yangi shartnoma tuzilayotgan xorijlik trenerlar tajribasidan 2020 yil Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan 32-yozgi Olimpiya oʻyinlariga munosib sportchilarni tayyorlash borasida unumli foydalanish zarur.” – dedi Dilmurod Nabiyev.

Yigʻilish davomida tegishli federatsiyalar (assotsiatsiyasi) mutasaddilari soʻzga chiqib, taklif etilayotgan xorijlik mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolarini tayyorlashdagi afzalliklari haqida maʼlumot berishdi.

Yakunda yunon-rum kurashi boʻyicha gruziyalik trener Zaza Silagadze, gimnastika boʻyicha rossiyalik trener Yekaterina Pirojkova va ogʻir atletika boʻyicha turkmanistonlik trener Artur Emiryan bilan shartnoma tuzishga qaror qilindi.

Maʼlumot uchun, xorijlik sport murabbiylarini jalb etish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 dekabrdagi “Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalari aʼzolari boʻlgan sportchilarni tayyorlash uchun jalb etilgan xorijiy mutaxassislarning ish shart-sharoitlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 346-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169