Jismoniy tarbiya va sport vazirligi etakchi ilmiy-tahliliy kompaniya Elsevier bilan muzokaralar oʻtkazdi



Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova bilan muzokaralar oʻtkazdi.

 

Uchrashuvda sportchilarni tayyorlashda fanning ahamiyati, natijalarga erishish uchun xalqaro tajribalardan foydalanish imkoniyati shuningdek, Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti ilmiy salohiyatini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Elsevier (“Elzevir”) fan, taʼlim va tibbiyot sohasida innovatsion yechimlarni va mahsulotlarni taklif etadigan jahondagi eng yirik nashriyotlardan biri boʻlib, sport sohasiga oid 270 dan ortiq jurnallar va dunyodagi yetakchi sport tadqiqot markazlarining 120 mingdan ortiq ilmiy maqolalarni oʻzi ichiga olgan.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169