Toshkent Gran-Prisida dzyudochilarimiz uchta medalni qoʻlga kiritishdi



Xabaringiz bor, poytaxtimizda dzyudo boʻyicha nufuzli Gran-Pri musobaqasi start oldi. Bugun oʻtkazilgan bahslarda uch nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan oʻrin oldi.

60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyorbek Oʻrozboyev Toshkent Gran-Prisining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

66 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Sardor Nurillayev oltin medal uchun kechgan jangda sloveniyalik Adrian Kombokdan magʻlubiyatga uchradi va kumush medalga sazovor boʻldi.

Ushbu vaznda janglarda ishtirok etgan Shahram Ahadov esa bronza medal sohibi boʻldi. Oʻzbekistonlik dzyudochilar musobaqaning birinchi kunida 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Ertaga Toshkent Gran-Prisida erkaklar oʻrtasida -73 kg, -81 kg, ayollar oʻrtasida esa -63 kg va -70 kg vazn toifalarida bahslar oʻtkaziladi.

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (140)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.11.2018 | 17:32

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169