Poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha xalqaro musobaqalar oʻtkaziladi

Poytaxtimizda joriy yilning 11-noyabr kuni qilichbozlikning shpaga yoʻnalishi boʻyicha satellit xalqaro turniri hamda 17-18-noyabr kunlari sablya boʻyicha oʻsmir qizlar oʻrtasida jahon kubogi musobaqasi oʻtkaziladi.

2018 yil 11-noyabr Toshkent shahridagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar – oʻsmirlar sport maktabida boʻlib oʻtadigan xalqaro turnirda dunyoning 8 ta mamlakatidan 17 nafar sportchilar shpaga yoʻnalishida jami 3 ta medallar uchun bahs olib boradilar. 17-18-noyabr kunlari sablya yoʻnalishi boʻyicha oʻsmir qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan Jahon kubogida dunyoning 25 ta mamlakatidan 37 nafar sportchi sablya yoʻnalishida jami 7 ta medallar uchun bahs olib boradilar.

Ushbu nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil etish boʻyicha Hukumatimizning alohida farmoyishi qabul qilingan boʻlib, bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida musobaqalarga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda mazkur musobaqalarni tashkil etishga masʼul qilib belgilangan tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.01.2019 | 16:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169