Yurtimizda sportni ommalashtirishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi


Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishda oʻzaro tajriba almashish, sport meditsinasi va soha mutaxassislarini tayyorlash kabi yoʻnalishlardagi aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbirda soʻz olgan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Prezidentimiz tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ushbu yoʻnalishda Xitoy tajribasi oʻrganish boʻyicha qatʼiy vazifalar berilgani taʼkidlab, Oʻzbekistonda sportni ommalashtirishning Milliy konsepsiyasi ishlab chiqishda Xitoy tajribasidan foydalanish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

Elchi Szyan Yan xonim sport sohasi boʻyicha oʻzaro hamkorlik haqida shunday dedi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sport rivojlantirish boʻyicha, aynan, Xitoy tajribasi oʻrganish vazifasi berilganini xursandchilik bilan qabul qilgan edik. Oʻzbek sportchilarining nufuzli xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlari tahsinga sazovor. Xitoyda sportchilarni tayyorlash va sportni ommalashtirish boʻyicha amalga oshirilgan loyihalar yaxshi natija bermoqda. Ushbu tajribalar oʻrtoqlashish va Oʻzbekistonda sportni rivojlantirishga koʻmaklashishga tayyormiz”.

Yakunda tomonlar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida Sport meditsinasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish, Pekin sport universiteti bilan qoʻshma fakultetlar ochish, yengil atletika, suv sporti va qishki sport turlaridan sportchilarni tayyorlash hamda ikki davlatning sport sohasi boʻyicha boshqaruv organlari delegatsiyalari tashriflarini tashkil etish kabi masalalar boʻyicha hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi.

 

Maʼlumot uchun: Bugungi kunda ommaviy jismoniy tarbiya Xitoyning davlat strategiyasi boʻlib ulgurgan. Bu yoʻnalishda Umumxalq jismoniy tarbiya kuni taʼsis etishdan boshlab Davlat Kengashi tomonidan aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning besh yillik rejasi rasmiy qabul qilingunigacha boʻlgan uzoq yoʻl bosib oʻtilgan. Xitoyda har uchinchi kishi sport bilan shugʻullansa, har beshinchi odam stol tennisi va badminton oʻynaydi. Jismoniy tarbiya va sportga Xitoyda iqtisodiyotning bir tarmogʻi sifatida qaralib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yilda 10 mlrd AQSH dollar yoki 1 foizni tashkil etgan boʻlsa, prognozlarga koʻra 2020 yilga kelib 1,5 foizgacha oshadi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169