Taekvondochilarimiz xalqaro turnirda uchinchi oʻrinni egallashdi

Joriy yilning 2-5-noyabr kunlari Qozogʻistonda taekvondo ITF yoʻnalishi boʻyicha “SEMEY OPEN 2018” xalkaro turniri boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada Qozogʻiston, Rossiya, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston kabi davlatlardan jami 458 sportchi ishtirok etdi. Xalqaro turnirda toʻrt nafar sportchi bilan qatnashgan terma jamoamiz 4 ta medalni (1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 bronza) qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egallashdi.

Sportchilarimizdan Yavmutov Bekzod (78 kg) birinchi oʻrin, Toshqulov Muslimbek (55 kg) ikkinchi oʻrin, Roʻziboyev Mirjalol (40 kg) va Sadullayev Sardor (45kg) sparring bahslarida bronza medalni qoʻlga kiritishdi.

Birinchi oʻrinni mezbonlar qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi oʻringa rossiyaliklar loyiq deb topildi.

Oldinda sportchilarimizni joriy yilning 28-noyabridan 3-dekabrigacha davom etadigan Jahon Kubogi (Minsk shahri) bahslari kutib turibdi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.11.2020 | 19:09
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169