Buxoroda sport haftaliklari musobaqalarga boy boʻldi

Buxoro viloyatida ham aholi, ayniqsa yoshlarni ommaviy sportga jalb etish maqsadida 2018-yil IV choragida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga asosan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan “Taʼlim muassasalari haftaligi” doirasida 27-oktyabr kuni Jondor tumanida 2002-2003-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar hamda 2004-2005-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida “Stol tennisi” sport turi boʻyicha Viloyat ochiq birinchiligi oʻtkazildi.

“Oxshix” sport majmuasida tashkil etilgan musobaqa viloyatdagi barcha tuman va shahardan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni Buxoro shahar jamoasi, 2-oʻrinni Jondor tumani jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, 3- oʻringa Vobkent tumani jamoasi loyiq deb topildi.

Musobaqa gʻoliblari Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda xomiy tashkilotlar tomonidan medal, diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
16.06.2019 | 23:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169