Bolalar va oʻsmirlar sport inshootlariga sport anjomlarini eng yaxshi takliflar asosida xarid qilish boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar taklif etiladi

Bolalar va oʻsmirlar sport inshootlariga sport anjomlarini eng yaxshi takliflar asosida xarid qilish boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar taklif etiladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi bolalar va oʻsmirlar sport inshootlariga sport anjomlarini eng yaxshi takliflar asosida xarid qilish boʻyicha eʼlon qiladi.

 

Buyurtmachi va shartnoma tuzuvchi - Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi.

 

Xaridlar uchun moliyalashtirish manbasi -Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan.

 

I. Umumiy talablar:

1. Eng yaxshi takliflar asosida xarid qilishda ishtirok etish
va shartnoma shartlarini bajarish uchun ishtirokchining texnik, moliyaviy, moddiy, kadr va boshqa resurslari boʻlishi kerak.

 

2. Buyurtmachi tanlovning oʻtkazilish turi yoki natijalaridan qatʼiy nazar, ishtirokchi tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha javob bermaydi va majburiyatni olmaydi.

 

3. Malakaviy hujjatlar va muhrlangan konvertlar solingantakliflar har kuni Toshkent vaqti bilan soat 900 dan 1800gacha qabul qilinadi. Hujjatlarni qabul qilish 2018 yil 5 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 1800da toʻxtatiladi.

 

Takliflar keltirilib, imzo orqali quyidagi manzilga topshiriladi: 100017, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 2 uy.

 

4. Takliflarni rasmiylashtirish boʻyicha batafsil talablar eng yaxshi takliflar asosida xarid qilish boʻyicha hujjatida koʻrsatilgan.

5. Yetkazib beriladigan sport anjomlari eng yaxshi takliflar asosida xarid qilish boʻyicha hujjatida koʻrsatilgan texnik talablarga muvofiq boʻlishi lozim.

6. Takliflar soʻnggi taklif berilgan sanadan boshlab kamida 30 (oʻttiz) kun davomida amal qilishi lozim.

7. Kafolat muddati tovarlar yetkazib berilgan sanadan boshlab kamida 24 oyni tashkil qiladi.

8. Yetkazib berish shartlari – Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 73A uy manziliga berish.

9. Takliflar solingan konvertlar ochilgunga qadar, taqdim qilingan malakaviy hujjatlarga asosan, xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning malakaviy tanlovi oʻtkaziladi.

10. Malakaviy tanlov uchun ishtirokchilar quyidagi meʼzonlarga javob berishlari lozim:

- shartnomani bajarish uchun kerakli texnik, moliyaviy, moddiy, kadr
va boshqa resurslarning mavjudligi;

- shartnomani tuzish uchun huquqqa ega ekanligi;

- ularga nisbatan bankrotlik protseduralarining joriy qilinmaganligi;

- ishtirokchining vijdonsiz ijrochilar Yagona reyestrida emasligi;

11. Har bir pozitsiya boʻyicha sotib olinadigan tovarning eng yuqori qiymati engyaxshitakliflarasosidaxarid qilish boʻyicha hujjatida koʻrsatilgan.

12. Takliflar kiritilgan konvertlar Xarid komissiyasining majlislarida ochiladi.

13. Xarid komissiyasi majlisi 2018-yil 6-noyabr soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan) Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi majlislar zalida oʻtkazilishi belgilangan.

I. Ishtirokchilar uchun tanlov shartlari

- shartnomani Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 5 (besh) bank kuni ichida shartnoma summasidan15 % miqdorida oldindan toʻlov oʻtkazish;

- summaning qolgan qismi Sotib oluvchidan Yetkazib beruvchiga grafik va yetkazish shartiga muvofiq qismlarda toʻlanadi.

- yetkazib berilgan mahsulot uchun toʻlov Yetkazib beruvchi Sotib oluvchiga yetkazgan kunidan boshlab eng koʻpi bilan 10 (oʻn) bank kuni ichida amalga oshirilishi kerak;

- toʻlov milliy valyutada naqdsiz amalga oshiriladi;

- yetkazib berish muddati – avans toʻlovi moliyalashtirilgandan soʻng eng koʻpi bilan 60 kalendar kuni ichida.

Oʻtkaziladigan sport anjomlarini eng yaxshi takliflar asosida xarid qilish boʻyicha hujjati Jismoniy tarbiya va sport vazirligining elektron saytida www.minsport.uz. da joylashtirilgan.

Batafsil maʼlumot uchun murojaat qilinadigan shaxs: Furqat Halimov Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash boʻlimi boshligʻi.

Manzil: 100017, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, №2, tel.: +99898 121-17-60. ye-mail: sportjamgarmasi@mail.ru



Ishtirokchilar uchun sport anjomlarini eng yaxshi takliflar asosida xarid qilish boʻyicha Hujjatlar

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.06.2020 | 20:56
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169