Sport inshootlarini loyihalashtirishga xorijiy kompaniyalar jalb etilmoqda

Joriy yilning 20-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda sohaning oldida turgan vazifa va mavjud muammolar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtilib, sport obyektlarini qurishda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va qurilayotgan loyihalarga tatbiq etish vazifalari belgilab berilgan edi.

Shunga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yurtimizda quriladigan sport obyektlarining jahon andozalariga mosligini taʼminlash va ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish maqsadida borasida qator xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda.

Xususan, Turkiyaning “Вahadir kul mimarlik inshaat taah.tic.ve san” LTD loyiha kompaniyasi bilan oʻtkazilgan uchrashuvda kompaniya tomonidan yangi texnologiyalar va yengil konstruksiyalar asosida loyihalashtirilgan obyektlar taklif etildi. Bugungi kunga qadar mazkur kompaniya dunyoning koʻpgina davlatlarida zamonaviy va sifatli sport inshootlari qurgan.

Kompaniya tomonidan vazirlikka taqdim etilgan loyihalarning ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu loyihalar jahon standartlari talabiga javob berishi bilan bir qatorda sport turlariga qarab ixtisoslashgan loyihalar hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev xorijiy kompaniya vakillari bilan uchrashuvda quriladigan sport inshootlar uzoq muddat samarali xizmat qilishi lozimligini taʼkidlab, yurtimizning har bir hududidagi mahalliy sharoitni inobatga olgan holda loyihalar ishlab chiqishni soʻradi.

Uchrashuv yakunida oʻzaro hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qancha muhim kelishuvlarga erishildi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.04.2019 | 22:13
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169