Yangi badminton markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun Oʻzbekiston Badminton federatsiyasi yangi sport inshootining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Badminton federatsiyasi raisi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Jasur Matchanov hamda qator vazirlik va sport federatsiyalari rahbarlari, taniqli sportchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

Yangi qurib foydalanishga topshirilgan majmuada 5 ta badminton korti, 100 oʻrinli yotoqxona, kiyinish xonalari, tibbiyot xonasi, nazariy bilimlar uchun moʻljallangan xonalar va murabbiylar xonasi mavjud.

Tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan Aziz Abduhakimov Muhtaram Prezidentimiz tomonidan badminton sport turini yurtimizda ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlab, ushbu sport majmuasi ham Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan bunyod etilganligini aytdi. Shuningdek, badminton jahonda ommaviyligi boʻyicha futboldan keyingi oʻrinda turishi, barcha yoshdagi insonlar salomatligi uchun foydali mashgʻulot ekanligi haqida gapirib, yurtimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirish keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishini maʼlum qildi.

Shundan soʻng, Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi soʻzga chiqishib, sportchilarimizning ushbu sport turi boʻyicha qoʻlga kiritgan yutuqlari, yurtimizda badmintonni yanada ommalashtirish boʻyicha kelgusidagi rejalar haqida gapirib, badminton ishqibozlarini ushbu inshoot bilan qutlashdi.

 

Soʻngra, yosh badmintonchilarning oʻzlarining koʻrgazmali oʻyinlarini namoyish etishdi.

Yakunda Bosh vazir oʻrinbosari badmintonni faol targʻibot qilayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga esdalik uchun badminton raketkalarini sovgʻa qildi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekistonda ilk bor badminton federatsiyasi 2011 yil 26 avgust kuni tashkil etilgan. Respublika boʻyicha 102 ta badminton boʻlimlari mavjud. Badminton bilan doimiy shugʻullanib kelayotgan 6711 nafar (2955 ta qizlar) sportchilarga 312 nafar murabbiylar taʼlim berishmoqda. Yurtdoshlarimiz 2015-2018 yillar davomida badminton boʻyicha xalqaro musobaqalarda 61 ta medal (11 ta oltin, 13 ta kumush, 37 ta bronza) qoʻlga kiritishgan.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169