Sport vaziri Xalqaro suzish Federatsiyasi Prezidenti bilan uchrashdi

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev bilan Xalqaro suzish Federatsiyasi Prezidenti Doktor Xulio Sezar Maglione, Osiyo suzish Federatsiyasi Bosh kotibi Taxa Sulaymon Al-Kishri uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda yurtimizda suzish sport turini yanada ommalashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, murabbiylar malakasini oshirish va sportchilarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida vazir Dilmurod Nabiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, xususan yoshlarimizning suv sporti turlari bilan shugʻullanishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish va ularni suzishga keng koʻlamda jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Xalqaro suzish Federatsiyasi Prezidenti Doktor Xulio Sezar Maglione shunday dedi: “Toshkent men uchun kutilmagan bir sovgʻa boʻldi. Goʻzal shahar va mehmondoʻst xalqingiz koʻnglim joy olishga ulgurdi. Yurtingizda sportga qaratilayotgan eʼtibor, sportchilaringizning xalqaro musobaqalaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki Prezidentingiz tomonidan ushbu sohaga boʻlgan munosabatidan darak berib turibdi. Bizning tashkilot ham oʻz navbatida Oʻzbekistonda suzish sport turini yana rivojlantirish va ommalashtirishda koʻmaklashishga tayyor”.

Yakunda kelgusida oʻzaro hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha vazifalar belgilandi va yuqori martabali mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 24-28-oktyabr kunlari poytaxtimizda suv polosi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻtkaziladi. Bugun soat 17:00 da poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Sahovat sport servis” suzish havzasida Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi.
 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.04.2019 | 22:13
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169