Oʻsmirlar Olimpiadasi qahramonlari munosib kutib olindi

Joriy yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida oʻtkazilgan III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari hamyurtlarimiz tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qoʻlga kiritib, 13-oʻrinni egallashgan edi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Marosimda Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Qayd etish lozimki, mazkur oʻyinlarda Oʻzbekiston oʻz rekordini yangiladi. Taqqoslash uchun, toʻrt yil oldin Nankinda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida sportchilarimiz 10 ta medal qoʻlga kiritgandi. Bu safargi musobaqada esa hamyurtlarimiz 16 ta medalga ega chiqqan holda mamlakatimiz uchun ushbu oʻyinlardagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169