Oʻzbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi

Joriy yilning 21-oktyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Mixaylova Tamara Viktorovna boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha ikki davlat oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish, qishki sport turlari boʻyicha trenerlar tayyorlash sohasida oʻzaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi. Unga koʻra, bir qator muhim yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvga erishildi. Xususan, yurtimizda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi. Shuningdek, oʻzbek sportchi va trenerlariga universitetning Rossiyadagi qishki sport turlariga ixtisoslashgan bazalarda shugʻullanish imkoniyati yaratiladi.

Tadbirda soʻz olgan Dilmurod Nabiyev Prezidentimiz tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga katta eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlab, hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar ham soha rivojiga xizmat qilishi kutilayotganligini va ushbu rejalarni hayotga tatbiq etishda barcha imkoniyatlarga ishga solinishini maʼlum qildi.

Tamara Viktorovna universitetning yangi tashkil etiladigan filiali haqida shunday dedi: “Mazkur filial universitetimizning xorijda tashkil etilayotgan birinchi filiali boʻladi. Uning tashkil etilishi nafaqat Oʻzbekiston balki barcha Markaziy Osiyo davlatlari yoshlarining taʼlim olishiga qulaylik yaratadi. Dastlab bir necha yoʻnalishda tashkil etiladigan filial yoʻnalishlari yildan-yilga kengaytirib boriladi. Biz muassasaning samarali faoliyat yuritishi uchun malakali mutaxassislarimizni jalb etamiz”.

Uchrashuv yakunida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Maʼlumot uchun: Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha dunyodagi yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga qadar universiteti tomonidan 60 mingdan ortiq yuqori toifali mutaxassislar tayyorlangan boʻlib, ulardan 5 ming nafari xorijlik mutaxassislardir. Hozirgi paytda universitetda 6500 nafar talaba taʼlim olib, ulardan 600 nafari xorijiy davlat fuqarolari hisoblanadi. Universitetda 42 ta kafedra faoliyat koʻrsatib, magistratura, aspirantura, doktorantura boʻlimlari mavjud. Universitet tarkibida Jismoniy tarbiya va sport instituti, Ijtimoiy institut, Turizm, rekreatsiya, reabilitatsiya va fitnes instituti, Ilmiy-pedagogik institut hamda Sport va sport meditsinasi ilmiy-tadqiqot instituti kabi muassasalar faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu muassasa faxri boʻlgan Markaziy ilmiy kutubxonada 700 mingdan ortiq jismoniy tarbiya va sportga oid adabiyot fondi mavjud boʻlib, ushbu yoʻnalishda dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biri hisoblanadi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
16.06.2019 | 23:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169