Vazir eng quyi tizimlardagi sport musobaqalarini oʻtkazilishi bilan tanishdi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Ushbu yigʻilishda tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida sport musobaqalarining sifat va sonini oshirish, gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish, sportchilarni tanlab olish — seleksiya ishlarini tubdan yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berilgan edi.

 

Shunga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev respublikamizning chekka hududlarida bolalar va yoshlar oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil etilish jarayonlarini oʻrganish ishlarini olib bormoqda. Maʼlumki, isteʼdodli sportchilarni tanlab olishda ushbu musobaqalar va ularning natijalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda musobaqalar eng quyi tizimidan boshlab shaffof oʻtishi va kuchli sportchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi maqsadga muvofiq.

Vazir Toshkent viloyatining barcha tumanlaridagi holatni oʻrganib, sportchilar oʻrtasida musobaqalarning sifatli tashkil etilishidagi kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berdi. Shu orada D.Nabiyev Olmaliq shahrida sport taʼlim muassasalari oʻrtasida boks turi boʻyicha oʻtkazilayotgan musobaqa jarayonlarini kuzatdi va gʻoliblarni taqdirladi.

 

Albatta, eng quyi tizimlardagi sport musobaqalarining tashkil etilishi tizimdagi yuqori rahbarlarning doimiy nazoratida turishi – mamlakatimizda sport sohasini bundan-da rivojlanishiga asos boʻladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169