Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida autsorsing xizmati joriy etiladi

Sportchi uchun eng muhim jihatlardan biri qatʼiy nazorat qilinadigan kaloriyali ovqatlanish ratsioni hisoblanadi. Bugungi kunda aksariyat taʼlim muassasalarida yosh sportchilarimizni ovqatlantirishda maʼnan eskirgan tizimdan foydalanilmoqda. Shu sababli vazirlik tomonidan mazkur jarayonga zamonaviy ilgʻor tajribalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Xususan, 2018-2019-oʻquv yili davomida Xorazm, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy autsorsing xizmati (ishonchli shartnomaviy xizmat koʻrsatish) yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu hududlardagi tadbirkorlar tanlovlarda ishtirok etib, daromad olishlari mumkin boʻladi.

 

Mazkur hududlarda toʻplangan tajriba va oʻtkazilgan sinovlar natijadorligidan kelib chiqib, autsorsing xizmati kelgusida vazirlik tizimidagi barcha taʼlim muassasalarida joriy etiladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Siz qaysi sport turi bilan shug'ullanasiz? (117)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.11.2018 | 21:04

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169