Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni hamkorlikka taklif etadi


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport jihozlari va inventarlarini xarid qilishda shaffof tizim yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ular orasidan eng ilgʻor va sifat koʻrsatkichi yuqorilarini oʻrganish maqsadida joriy yilning 7 sentyabr kuni poytaxtimiz (Taekvondo WTF assotsiatsiyasining zali)da koʻrgazma tashkil etilmoqda.

Joriy yilda Respublikamizdagi sport inshootlari uchun Jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 90 turdagi 30 mlrd. soʻmlik sport jihozlari va inventarlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Ularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olinib, gʻoliblarni aniqlashda shaffof va adolatli tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, sport sohasi vakillari va barcha qiziqish bildirganlar mazkur koʻrgazmada ishtirok etishlari mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.06.2020 | 20:56
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169