Bugun Toshkent davlat transport universiteti sport zalida voleybol boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston superkubogi uchun musobaqa boshlandi. Unda joriy yilgi mamlakat chempionlari hamda kubogi sohiblari oʻzaro kuch sinashmoqda.
Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Islomjon Sobirjonov Turkiyaning “Alanya BelediyeSpor” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020-yilga moʻljallangan ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish taqvim rejasi hamda sport musobaqalarini oʻtkazish Nizomiga asosan, 23-26-dekabr kunlari Toshkent Davlat transport Universiteti sport zalida voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida XXI hamda ayollar oʻrtasida III Federatsiya kubogi musobaqalari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq, shu yilning 27-noyabridan boshlab erkaklar hamda ayollar terma jamoalarimiz navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishgan.
Samarqand viloyatida voleybol boʻyicha viloyat chempionati yakunlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq, shu yil 27-noyabr – 17-dekabr kunlari oraligʻida erkaklar hamda ayollar terma jamoalarimiz navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazishadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar Mirobod tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat voleybol federatsiyasi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus” ijrosini taʼminlash maqsadida 2004-2005-yillarda tugʻilganlar oʻrtasida “Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi kubogi” boʻlib oʻtdi.
4-5-noyabr kunlari Urgut tumani 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida Samarqand viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat voleybol assotsiatsiyasi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamkorligida 2004-2006-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha viloyat chempionati boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 18-21-oktyabr kunlari Samarqand shahrida voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston XXVIII milliy chempionatining hal qiluvchi 3-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabidatuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi va Xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamqorlikda tumandagi umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchi oʻsmir qizlari oʻrtasida voleybol boʻyicha “Prokuror kubogi” musobaqasining hududiy bosqichi oʻtkazildi.
Bugun Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi Andijon viloyat boʻlimining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi oʻtkazildi.
Sirdaryo viloyati Shirin shahar Jismoniy tarbiya va sport boʼlimi hamda shahar Bolalar-oʼsmirlar sport maktabi hamkorlikda “14 yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan harbiy xizmatchilar va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʼrtasida sportning voleybol turi boʼyicha “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi.
Joriy yilning 6 dekabr kuni Navoiyda korxona va tashkilotlarning ayol xodimlari oʼrtasida voleybol boʼyicha musobaqa oʼtkazildi.
Joriy yilning 23-30-noyabr kunlari Jizzax shahrida voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasida XXI Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Shu kunlarda Jizzax shahri voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Samarqand shahrida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Samarqand shahrida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslarida chorak final bosqichi yakunlandi.
Shu kunlarda Samarqand shahridagi Samarqand davlat universiteti sport zalida voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida XXVI Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston kubogida jamoalar 4 guruhga boʻlingan holda bahsga kirishdi.
Avval xabar berganimizdek, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti sport majmuasida voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida “Toshkent-2019” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
19.01.2021 | 22:02