Bugun poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Markaziy shaxmat klubi” binosida shaxmat festivali boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil qilindi.
Joriy yilning 26 noyabr va 5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Toshkent qishi-2019” an’anaviy shaxmat turniri bugun o‘z nihoyasiga yetdi.
Ayni kunlarda umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha Respublika chempionatining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Musobaqa Xalq taʼlimi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari tomonidan tashkil etilgan boʻlib, bahslar xalq taʼlimi tasarrufidagi 102-sonli zaif eshituvchi oʻquvchilarga moʻljallangan maxsus maktab-internatida oʻtkazilmoqda.
Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini Xalqaro toifadagi grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, FIDE sport ustalari Ali Kasimov, Muhiddin Madaminov va Umida Omonovalar himoya qilishdi.
Joriy yilning 16-22-noyabr kunlari Turkiyaning Mersin shahrida “MERSİN METROPOLITAN MUNICIPALITY 4th INTERNATIONAL CHESS TOURNAMENT” turniri boʻlib oʻtdi. Turnirda Oʻzbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubbayev, Alixan Guseynov, Halim Toʻrayev hamda qizlardan Sevara Boymuratova himoya qildi.
Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha bo‘lganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasida sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha bo‘lganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi 2-o‘rinni egallashdi.
28-oktabr – 6-noyabr kunlari Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha bo‘lganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yilgi Butunjahon bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Bugun “Toshkent kuzi-2019” oʻz nihoyasiga yetdi. 9 turdan iborat boʻlgan turnir yakunida gʻolib va sovrindorlar pul mukofoti, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Kecha Toshkentdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida anʼanaviy “Toshkent kuzi” shaxmat turniri start oldi. Musobaqa Oʼzbekiston shaxmat federatsiyasi, Xalqaro shaxmat akademiyasi va Markaziy shaxmat klubi hamkorligida tashkil etildi.
Аngliyaning Men orolida shaxmat boʼyicha Grand Swiss turnirga start berildi. Turnirda dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari qatnashmoqda.
Kecha Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida mazkur sport turi boʻyicha faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi. Ushbu chempionat Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil qilindi.
1-13-oktabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida 14,16 va 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Jahon chempionati start oldi.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-29-sentyabr kunlari Toshkent shahrida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Markaziy Osiyo shaxmat festivali boʻlib oʻtdi. Festival RosAtom, FIDE va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati koʻmagida tashkil etilib, musobaqani oʻtkazishga Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi bosh-qosh boʻldi.
Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qizlar oʻrtasida Markaziy Osiyo chempionatining standart yoʻnalishida 7-tur uchrashuvlari nihoyasiga yetdi.
Joriy yil 20-30-sentyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo shaxmat festivali boʻlib oʻtadi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston hamda Oʻzbekistonning eng kuchli shaxmatchilari oʻrtasida musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ispaniyaning Salobreniya shahrida 11-14-sentyabr kunlari 14, 16 hamda 18 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar orasida rapid va blis yoʻnalishida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 20 nafarga yaqin faxriy oʻzaro dona surdi.
Joriy yilning 4-11-sentyabr kunlari Hindistonning Dehli shahrida 6-20 yoshlilar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
Joriy yil 20-30-sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda Markaziy Osiyo shaxmat festivali boʻlib oʻtadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
07.12.2019 | 15:26