Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash, qilichbozlik sportini yana-da ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida shu yil 23-25-dekabr kunlari qilichbozlikning uchta turi (shpaga, rapira, sablya) boʻyicha kattalar oʻrtasida “Kuchlilar turniri”ni oʻtkazadi.
Rossiyaning Novosibirsk shahri yana bir musobaqaga mezbonlik qildi.
Respublikamiz boʻylab karantin talablari yumshatilgach barcha sohada doʻlgani kabi sport sohasida ham sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Xabaringiz bor poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi. Mazkur sport turnirining shpaga yoʻnalishida, yaʼni 23 yosh va undan kichik yoshdagilar oʻrtasidagi yakkalik bahslarda 47 nafar sportchilar birinchilik uchun kuch sinashdi. Yakuniy natijalar quyidagicha:
Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 30-oktyabrdagi buyrugʻiga muvofiq qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining 2020-yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining Respublika kalendar rejasiga muvofiq bugun poytaxtimizdagi “Umid” sport majmuasida qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogiga start berildi.
Karantin qoidalari asta-sekin yumshatilishi bilan, joriy yilning 20-sentyabridan qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari toʻlaqonli mashgʻulotlarga qaytishdi.
Respublikamiz boʻylab karantin talablari yumshatilgach barcha sohada doʻlgani kabi sport sohasida ham sport musobaqalari oʻtkazilmoqda. Shunday musobaqalardan biri qilichbozlik boʻyicha bir necha kun oldin start berilgan “Umid” Respublika turniri ham yakunlandi.
Hozirgi kunda dunyoda yuz berayotgan voqealar barcha sohaga taʼsir koʻrsatmay qolmayapti. Jumladan, sport sohasida ham COVID-19 virusi toʻsqinlik qilmoqda. Sportchilarimiz va trenerlar masofaviy mashgʻulotlarni oʻtkazishayotgan boʻlsa, sport hakamlari esa ijtimoiy tarmoqlar orqali bir birlari bilan fikr almashishmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʼzbekiston qilichbozlik federatsiyasi hamkorligida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020 yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq bugun, 10 fevral kuni Toshkent shahrida qilichbozlikning barcha (shpaga, rapira, sablya) yoʼnalishlari boʼyicha (2000-2002 y.t. va 2003-2006 yillarda tugʼilgan) kadetlar va oʼsmirlar oʼrtasida Oʼzbekiston chempionatiga start berildi.
Shu kunlarda barcha sport turlari boʼyicha terma jamolarimiz xalqaro musobaqalar hamda oʼquv-mashgʼulot yigʼinlarida ishtirok etishmoqda. Shunday sport turlaridan biri qilichbozlik ham mamlakatimizda ancha rivojlanmoqda.
Oʼzbekistonda qilichbozlik sporti jadal suratlarda rivojlanayotganini inobatga olib, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi – FIE tomonidan Oʼzbekistonda qilichbozlik akademiyasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Qilichbozlik bo‘yicha Toshkent shahrida o‘tkazilgan o‘smir qizlar o‘rtasidagi Jahon kubogining jamoaviy bahslari ham yakunlandi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda hamyurtlarimiz 3-o‘rinni band etishdi.
Shafqatsiz o‘lim o‘zbek sporti jonkuyarlaridan biri, sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi velosport bo‘limi treneri Iskandarov Vladislav Albertovichni 49 yoshida oramizdan olib ketdi.
Toshkentdagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabida qizlar o‘rtasida sablya bo‘yicha Jahon kubogining shaxsiy musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimiz yana bir nufuzli sport anjumaniga mezbonlik qiladi. Joriy yilning 5-10-sentyabr kunlari Toshkentda qilichbozlikning rapira va shpaga yoʻnalishlari boʻyicha “Satellit” xalqaro turniri hamda kattalar oʻrtasida Markaziy Osiyo qilichbozlik federatsiyasi ochiq chempionati boʻlib oʻtadi.
Poytaxtimizdagi qilichbozlik majmuasida boʻlib oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida shamshir yoʻnalishida ham kuchlilar aniqlandi.
Poytaxtimizda 2002-yilda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati davom etmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
19.01.2021 | 22:02