Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan oʻtkazilgan anʼanaviy “Yil tanlovi” soʻrovnomasida “2020-yilning eng namunali vazirligi» yoʻnalishida faxrli 2-oʻrinni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Madaniyat vazirligi egalladi.
Xalqaro press-klubning bugungi sessiyasi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Parlamenti va xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasiga bagʻishlandi. Sessiyada ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev spikerlarning savollariga javob qaytardi.
Xalqaro press-klubning bugungi sessiyasida ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev 2025-yili Toshkent shahri mezbonlik qiladigan IV oʻsmirlar yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik ishlarining borishi masalasiga ham toʻxtalib oʻtdilar.
Yangi yil bayramini hammadan koʻra bolajonlar orziqib kutishadi. Axir bu bayramda Qorbobodan sovgʻa olishni orzu qilmagan bolakay boʻlmasa kerak. Shunday ulugʻ ayyom kunlarida ularga quvonch va shodlik ulashishdan ortiq baxt bormi?
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Bugun, 28-dekabr kuni Koʻksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi boʻldi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Esports Uzbekistan, Full Level Esports hamda UZREPORT va FUTBOL TV telekanallari bilan hamkorlikda 2020-yil 28-29-30-dekabr kunlari «Yangi yilga sport bilan!” shiori ostidagi yangi mega loyiha – ommaviy sport festivalini taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6084-son farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi sport taʼlim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan 2020-yil 28-fevralda tasdiqlangan «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak!” degan ezgu gʻoya asosida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, ularda jamoatchilik, xususan ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan bir qator tadbirlar, jumladan press-tur va matbuot anjumanlari oʻtkazish belgilangan.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston boks federatsiyasi tomonidan pandemiya davrida rasmlar tanlovi eʼlon qilingandi. Tanlovda havaskor rassomlar ishtirok etib, ular oʻzbek bokschilari va murabbiylariga bagʻishlangan suratlarni chizishlari lozim edi. Tanlov gʻolibini esa ajoyib sovgʻa – Tokio Olimpiadasi yoʻllanma kutmoqda.
Bugun “Tashkent city“dagi muhtasham Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlar forumi – 2020” oʻz ishini boshladi. Forum doirasida “Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi – 2030” mavzusida ochiq muloqot ham boʻlib oʻtdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev ishtirok etdi hamda yoshlarni qiziqtirayotgan savollarga javob qaytardi.
Oʻzbekiston Regbi federatsiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligida federatsiya Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yoʻnalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish”ga muvofiq belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi yoʻlida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlarga jahon hamjamiyati, xususan nufuzli olimlar, amaliyotchi mutaxassislar va xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan munosabat va eʼtiroflarga ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy hamda ilmiy-amaliy jihatdan baho berish belgilangan.
Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Je Kvon tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-yanvardagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
2019-yil 2Z avryst kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilish bayoniga muvofiq, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan otaliqqa olingan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʼzbekiston Professional futbol ligasi hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol assotsiatsiyalari xodimlari oʼrtasida doʼstona muhitni mustahkamlash, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida “Sport kunlari” musobaqasi oʼtkazilmoqda.
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Oʻmon davlatining Maskat shahrida Osiyo Olimpiya Kengashi(OOK)ning navbatdagi Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda. Osiyo qitʼasida Olimpiya harakatining yaqin va istiqboldagi kelajagi, rejalari belgilab olinayotgan mazkur tadbir oʻzbek sporti tarixiga zarhal harflar bilan bitiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Kecha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida Olimpiya va Paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarini shakllantirish masalasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Oʻmonning Maskat shahri Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ning navbatdagi Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilmoqda. Assambleyadan bir kun avval anʼanaga koʻra 74-Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda tashkilot rahbariyatining yangi tarkibi va Ijroiya qoʻmitasiga aʼzolar saylandi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
19.01.2021 | 22:02