Sport sohasida davlat siyosati
Bir guruh sport fidoyilari ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida 1-oktabr—“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tongi badantarbiya mashqlari ommalashmoqda

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgani ham bejiz emas.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-sentyabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Saida MAHMUDOVA: "Murabbiylarning maoshini oshirish kerak!"

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida sohaga doir kamchiliklar muhokama etilib, amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar belgilandi.

Rishod Sobirov: “Oldimizga katta vazifalar yuklandi, ulkan maqsadlar belgilandi”

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida biz sportchilar zimmasiga juda katta vazifalar yuklandi, ulkan maqsadlar belgilab berildi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Qozogʻistonda MDH mamlakatlari jismoniy tarbiya va sport boʻyicha bitim qatnashchilari yigʻilishi boʻlib oʻtdi

5-6-iyun kunlari Qozogʻistonning Shuchinsk shahrida MDH davlatlari Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim qatnashchilarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirga Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari tashrif buyurishdi.

“Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimi yaratiladi

Joriy yilning 3-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” 454-sonli qarori qabul qilindi

Rustam Shoabdurahmonov Milliy olimpiya qoʻmitasining prezidenti etib saylandi

Bugun, 15-may kuni Milliy olimpiya qoʻmitasida qoʻmita Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Beshta tashabbus boʻyicha dasturlar yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini qamrab oladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi kafedra, kasb-hunar kollejlarida yangi yoʻnalishlar tashkil etiladi

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari boʻyicha kafedra tashkil qilinadi.

Har yili 20 nafar yosh professor-oʻqituvchilar va trenerlar oʻqish hamda malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.11.2019 | 12:05
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169