Kecha poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taʼsis etilgan “Tahsin” mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Quvonarlisi, 2019-yil yakunlariga koʻra futbol boʻyicha milliy terma jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov hamda ogʻir atletikachimiz Kumushxon Fayzullayeva “Tahsin-2019” mukofotiga munosib koʻrildi.
Bugun Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Alpomish” sport majmuasida “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari, mashhur sportchi va trenerlar poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” maydonida oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” nomi ostidagi fleshmobda faol ishtirok etishdi.
1992-yil 10-dekabr sanasi, shu kuni “O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. Mazkur Qonun qabul qilinganligiga ham ertaga 27 yil to‘ladi.
2019 yil 5 dekabrda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi va Yunusobod tumani kasaba uyushmasi hamkorligida “Konstitutsiya – huquqimiz poydevori” nomli tadbir o‘tkazildi.
Joriy yil 5-oktabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan birinchi Xalqaro sport sammitida Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga o‘zbek jang san’ati bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi avtohalokat sababli to‘shakka mixlanib qolgan Shuhratbek Suvonovga yordam aksiyasini uyushtirish bo‘yicha taklif bildirilgandi.
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari uchun amalga oshirilgan media-turning birinchi kuni yakunlandi.
Seminarda yangi qaror O‘zbekistonda trenerlik faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma berish mexanizmini soddalashtirish, sport turlari bo‘yicha trenerlar mehnatiga haq to‘lashning bazaviy miqdorini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Bugun eʼlon qilingan qaror koʻplab sohalar kabi Jismoniy tarbiya va sport sohasiga yangi imkoniyatlar hamda vazifalar eshigini ochib beradi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan e’tibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov Falastin Yoshlar va sport masalalari bo‘yicha Oliy kengash, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakat futbol assotsiatsiyasi raisi Jibril Al-Rajubni qabul qildi.
Fargʻona viloyatida 18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan turli tadbirlar boʻlib oʻtdi.
18 noyabr kuni soat 11:00da #ФахримБайроғим xeshtegi ostida o‘tayotgan o‘ziga xos aksiya doirasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosi oldida o‘zbek sporti yulduzlari, qit’a va jahon chempionlari, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari ishtirokida fleshmob o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Farg‘ona viloyatida sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berish maqsadida joriy yil 22-23 noyabr kunlari media-tur tashkil etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unga jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev raislik qildi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sektor mudiri Shavkat Sultonov ham ishtirok etdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xodimi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Buyuk Britaniya ekspertlari ishtirokida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat organlari hamda tashkilotlarining matbuot xizmatlari xodimlari uchun kommunikasion imkoniyatlarni oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminarda ishtirok etdi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2019-yil 11-oktyabrdagi “Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligi”ni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi 957-sonli qarori qabul qilingan.
Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi tashabbusi bilan terma jamoa faoliyatini jonlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislar va trenerlar jalb etilgan. Ayni paytda xalqaro darajadagi triatlonchi Viktor Zemsev Oʻzbekiston triatlon terma jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatimizda 1-oktyabr sanasi “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” sifatida keng nishonlanadi. Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ushbu qutlugʻ sanaga bagʻishlab bayram tadbiri tashkil etildi.
Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
19.01.2021 | 22:02