Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) bokschilarning 2020-yil dekabr oyi yakunlari boʻyicha yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Olimpiada chempioni, professional boksning yengil vazn toifasida (-48,99 kg) ringga koʻtarilgan Xasanboy Doʻstmatovdan navbatdagi gʻalaba.
Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Anas Alotayba tashkilotda rasman yangi Fond - Osiyoda boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilganini maʼlum qildi.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzolari karantindan keyingi dastlabki xalqaro oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini boshlash arafasida.
Ayni kunlarda boks boʻyicha Oʻzbekiston kattalar terma jamoasi aʼzolari navbatdagi oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini Toshkent viloyati “Yangiobod” shaharchasidagi sport bazasida olib borishmoqda.
Bugun tom maʼnoda boks kuni boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Professional boksda ham faoliyat olib borayotgan Bahodir Jalolov meksikalik Uilfredo Lilga qarshi ringga koʻtarilib, bir necha bor nokdaun holatiga tushirgan Jalolov professional boksdagi yettinchi jangida yettinchi gʻalabasini qoʻlga kiritgan edi.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi sardori, Tokio-2020 litsenzianti Bahodir Jalolov bugun erta tongda professional boksdagi 7-jangini oʻtkazdi.
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 1-bosqich boks ixtisosligi talabalariga Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari qahramonlari, jumladan olimpiada chempioni Fazliddin Gʻoibnazarov hamda kumush medal sohibi Shaxram Gʻiyosovlar master-klass oʻtishdi.
Bugun poytaxtimizdagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 2005-2006-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari boshlandi.
Xorazm viloyatining Urganch shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi.
Xalqaro arenalarda Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilib kelayotgan bokschilarimiz Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizga tabrik yoʻllashdi
Professional boksda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev bugun oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.
Bugun tongda super oʻrta vazn toifasida WBO Intercontinental va WBA Continental Americas kamarlari sohibi, Olimpiyada oʻyinlari sovrindori, koʻp karra Osiyo va Oʻzbekiston chempioni Bektemir Meliqoʻziyev AQSHdan yurtimizga qaytib keldi.
Roppa-rosa 8 kun davomida boks ishqibozlari nigohi poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyiga qaratildi. Sababi, bu yerda boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi. Bugun qizgʻin va murosasiz oʻtgan janglarga yakun yasalib, 2020-yilgi mamlakat chempionlari aniqlandi.
Avval xabar qilganimizdek, shu kunlarda poytaxtimizda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Avval xabar qilganimizdek, shu kunlarda poytaxtimizda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati qizgʻin davom etmoqda
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatiga start berildi. Musobaqa 7-noyabrga qadar davom etadi. Koʻpchilikni ushbu nufuzli musobaqada oʻzbek boksining qaysi yulduzlari ishtirok etishi qiziqtirishi tabiiy.
Bugun tongda AQSH mezbonligi ostida oʻtkazilgan Bektemir Meliqoʻziyev va meksikalik Alan Kampa oʻrtasida jang hamyurtimizning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari yakuniga yetdi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
19.01.2021 | 22:02